range bo‘ylab sikl
range() funksiyasi
Kod blokini belgilangan marta takrorlash uchun range() funksiyasidan foydalanishimiz mumkin,range() funksiyasi sonlar ketma-ketligini qaytaradi: u standart holatda 0 dan boshlanadi, (standart holatda) 1 taga ortib boradi va belgilangan sonda tugaydi.
E’tibor bering: range(6) 0 dan 6 gacha bo‘lgan qiymatlar emas, balki 0 dan 5 gacha bo‘lgan qiymatlardir.
range() funksiyasining boshlang‘ich qiymati standart holatda 0 ga teng, biroq parametr qo‘shib boshlang‘ich qiymatni belgilash mumkin: range(2, 6) — bu 2 dan 6 gacha (6 kirmaydi) bo‘lgan qiymatlarni bildiradi:
Misol
Boshlang‘ich qiymat (start) parametridan foydalanish:
for x in range(2, 6):
print(x)
O‘zingiz sinab ko‘ring »
range() funksiyasi standart holatda ketma-ketlikni 1 taga oshirib boradi, biroq uchinchi parametrni qo‘shib, qadam qiymatini belgilash mumkin: range(2, 30, 3):
Misol
Ketma-ketlikni 3 taga oshirib borish (standart qiymat — 1):
for x in range(2, 30, 3):
print(x)
O‘zingiz sinab ko‘ring »
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
