Python Random moduli
Python-da tasodifiy sonlarni yaratish uchun foydalanishingiz mumkin bo‘lgan o‘rnatilgan modul mavjud.
random moduli bir qator metodlarga ega:
| Metod | Tavsif |
|---|---|
| seed() | Tasodifiy sonlar generatorini ishga tayyorlaydi |
| getstate() | Tasodifiy sonlar generatorining joriy ichki holatini qaytaradi |
| setstate() | Tasodifiy sonlar generatorining ichki holatini tiklaydi |
| getrandbits() | Tasodifiy bitlarni ifodalovchi sonni qaytaradi |
| randrange() | Berilgan oraliqdagi tasodifiy sonni qaytaradi |
| randint() | Berilgan oraliqdagi tasodifiy sonni qaytaradi |
| choice() | Berilgan ketma-ketlikdan tasodifiy elementni qaytaradi |
| choices() | Berilgan ketma-ketlikdan tasodifiy tanlangan listni qaytaradi |
| shuffle() | Ketma-ketlikni oladi va ketma-ketlikni tasodifiy tartibda qaytaradi |
| sample() | Ketma-ketlikdan berilgan tanlanmani qaytaradi |
| random() | 0 va 1 oralig‘idagi tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi |
| uniform() | Berilgan ikki parametr oralig‘idagi tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi |
| triangular() | Berilgan ikki parametr oralig‘idagi tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi; qolgan ikki parametr orasidagi o‘rta nuqtani belgilash uchun mode parametrini ham berish mumkin |
| betavariate() | Beta taqsimotiga asoslangan, 0 va 1 oralig‘idagi tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (statistikada ishlatiladi) |
| expovariate() | Eksponensial taqsimotga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (statistikada ishlatiladi) |
| gammavariate() | Gamma taqsimotiga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (statistikada ishlatiladi) |
| gauss() | Gauss taqsimotiga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (ehtimollar nazariyasida ishlatiladi) |
| lognormvariate() | Log-normal taqsimotga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (ehtimollar nazariyasida ishlatiladi) |
| normalvariate() | Normal taqsimotga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (ehtimollar nazariyasida ishlatiladi) |
| vonmisesvariate() | Fon Mizes taqsimotiga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (yo‘nalishli statistikada ishlatiladi) |
| paretovariate() | Pareto taqsimotiga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (ehtimollar nazariyasida ishlatiladi) |
| weibullvariate() | Veybull taqsimotiga asoslangan tasodifiy o‘nlik kasr sonni qaytaradi (statistikada ishlatiladi) |
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
