Bash sintaksisi
Skript yozish uchun Bash sintaksisi
Bash skriptlari — Bash shell (qobig‘i) tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi. Ular vazifalarni avtomatlashtiradi va murakkab amallarni bajarish uchun ishlatilishi mumkin. Samarali skriptlar yozish uchun Bash sintaksisini tushunish juda muhim.
Asosiy sintaksis
Quyida skriptlarda Bashdan foydalanishning ba’zi asosiy qoidalari keltirilgan:
- Izohlar: Izohlar
#belgisi bilan boshlanadi va Bash ularni e’tiborga olmaydi. - Buyruqlar tartibi: Buyruqlar yuqoridan pastga qarab birin-ketin bajariladi.
- Nuqtali vergullar: Bir qatorda bir nechta buyruqni bajarish uchun
;belgisidan foydalaning.
Keling, ularni misollar yordamida birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Izohlar
Izohlar # belgisi bilan boshlanadi va Bash ularni e’tiborga olmaydi. Ular kodingiz nima qilishini tushuntirib, uni tushunishni osonlashtiradi.
Misol: izohlardan foydalanish
# This script prints a greeting message
echo "Hello, World!"
Buyruqlarning bajarilish tartibi
Buyruqlar yuqoridan pastga qarab ketma-ket ishga tushiriladi (ya’ni bajariladi)
Bu tartib skriptning mantiqi va ishlashiga ta’sir qiladi.
Misol: buyruqlarning bajarilish tartibi
echo "First command"
echo "Second command"
Nuqtali vergullar
Nuqtali vergul ; belgisi bir qatordagi bir nechta buyruqni ajratish uchun ishlatilishi mumkin, bu esa ixcham skriptlar yozishda foydali.
Misol: nuqtali vergullardan foydalanish
echo "This is a test"; echo "This is another test"
Skript yozish bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar
Toza va samarali skriptlar yozish uchun ba’zi maslahatlar:
- Kodingizni tushuntirish uchun izohlardan foydalaning.
- O‘zgaruvchilarga mazmunli nomlar tanlang.
- Skriptlaringizni real ish muhitida (production) ishlatishdan oldin puxta sinovdan o‘tkazing.
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
