Java xatolar va istisnolar


ULASHISH

Xatolar va istisno tiplari

Quyidagi jadvalda Java tilidagi keng tarqalgan Error va Exception turlari ro‘yxati keltirilgan:

Xato/istisno Tavsif
ArithmeticError Sonli hisoblashda xatolik yuz berganda sodir bo‘ladi
ArrayIndexOutOfBoundsException Massivda mavjud bo‘lmagan indeks raqamiga murojaat qilishga urinilganda sodir bo‘ladi
ClassFormatError Sinf fayliga murojaat qilib bo‘lmaganda yuzaga keladi
ClassNotFoundException Mavjud bo‘lmagan sinfga murojaat qilishga urinilganda sodir bo‘ladi
ConcurrentModificationException Iteratsiya qilinayotgan kolleksiyaga element qo‘shilganda yoki undan element o‘chirilganda yuzaga keladi
FileNotFoundException Faylga murojaat qilib bo‘lmaganda sodir bo‘ladi
IncompatibleClassChangeError Voris sinf allaqachon initsializatsiya qilinganidan keyin asosiy sinfda o‘zgarish bo‘lganda yuzaga keladi
InputMismatchException Noto‘g‘ri ma’lumot kiritilganda sodir bo‘ladi (masalan, son kutilgan joyga matn)
InterruptedException Oqim (thread) kutish yoki uyqu holatida bo‘lganida uzilganda (interrupt) yuzaga keladi
InvalidClassException Serializatsiya muhiti sinfda muammo aniqlaganda yuzaga keladi
IOException Kiritish yoki chiqarish amali muvaffaqiyatsiz tugaganda sodir bo‘ladi
NegativeArraySizeException Manfiy o‘lchamli massiv yaratishga uringanda yuzaga keladi
NoClassDefFoundError Bajarilish vaqtida sinf topilmaganda yuzaga keladi
NoSuchFieldException Sinfning mavjud bo‘lmagan maydoni/o‘zgaruvchisiga murojaat qilishga uringanda yuzaga keladi
NoSuchMethodException Sinfning mavjud bo‘lmagan metodiga murojaat qilishga uringanda yuzaga keladi
NullPointerException null bo‘lgan obyekt havolasiga murojaat qilishga urinilganda sodir bo‘ladi
NumberFormatException Ko‘rsatilgan stringni sonli tipga o‘tkazib bo‘lmaganda sodir bo‘ladi
RuntimeException Bajarilish vaqtida istisno yuz berganda yuzaga keladi
StringIndexOutOfBoundsException Stringda mavjud bo‘lmagan belgiga murojaat qilishga urinilganda sodir bo‘ladi
TypeNotPresentException Tip topilmaganda yuzaga keladi
IllegalArgumentException Metodga noto‘g‘ri argument uzatilganda yuzaga keladi
IllegalStateException Metod noo‘rin (ruxsat etilmagan) vaqtda chaqirilganda yuzaga keladi


Tegishli sahifalar

Java xatolar darsligi

Java istisnolarni qayta ishlash darsligi



W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!