HTML video
HTML <video> elementi veb-sahifada video ko‘rsatish
uchun ishlatiladi.
Video
HTML <video> elementi
HTML da videoni ko‘rsatish uchun <video> elementidan foydalaning:
Misol
<video width="320" height="240" controls>
<source src="movie.mp4" type="video/mp4">
<source src="movie.ogg" type="video/ogg">
Your browser does not support the video tag.
</video>
O‘zingiz sinab ko‘ring »
U qanday ishlaydi
controls atributi pley, pauza va ovoz kabi video boshqaruv elementlarini qo‘shadi.
Doim width va height atributlarini kiritish yaxshi fikr. Agar balandlik va kenglik belgilanmagan bo‘lsa, video yuklanayotganda sahiba miltillashi (flicker) mumkin.
<source> elementi brauzer tanlashi mumkin bo‘lgan muqobil video fayllarini belgilash imkonini beradi. Brauzer birinchi tanilgan formatdan foydalanadi.
<video> va </video> teglari orasidagi matn faqat <video> elementini qo‘llab-quvvatlamaydigan brauzerlarda ko‘rsatiladi.
HTML <video> avtomatik ijrosi
Videoni avtomatik boshlash uchun autoplay atributidan foydalaning:
Misol
<video width="320" height="240" autoplay>
<source src="movie.mp4" type="video/mp4">
<source src="movie.ogg" type="video/ogg">
Your browser does not support the video tag.
</video>
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Eslatma: Chromium brauzerlari ko‘p hollarda avtomatik ijro etishga ruxsat bermaydi. Biroq, ovozsiz avtomatik ijro etish doim ruxsat etiladi.
Videoning avtomatik (lekin ovozsiz) boshlanishi uchun
autoplay dan keyin muted qo‘shing:
Misol
<video width="320" height="240" autoplay muted>
<source src="movie.mp4" type="video/mp4">
<source src="movie.ogg" type="video/ogg">
Your browser does not support the video tag.
</video>
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Brauzerlarda qo‘llab-quvvatlash
Jadvaldagi raqamlar <video> elementini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi brauzer versiyasini bildiradi.
| Element | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| <video> | 4.0 | 9.0 | 3.5 | 4.0 | 10.5 |
HTML video formatlari
Uchta qo‘llab-quvvatlanadigan video format mavjud: MP4, WebM va Ogg. Turli formatlarni brauzerlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi:
| Browser | MP4 | WebM | Ogg |
|---|---|---|---|
| Edge | YES | YES | YES |
| Chrome | YES | YES | YES |
| Firefox | YES | YES | YES |
| Safari | YES | YES | NO |
| Opera | YES | YES | YES |
HTML video — media turlari
| File Format | Media Type |
|---|---|
| MP4 | video/mp4 |
| WebM | video/webm |
| Ogg | video/ogg |
HTML video — metodlar, xususiyatlar va hodisalar
HTML DOM <video> elementi uchun metodlar, xususiyatlar va hodisalarni belgilaydi.
Bu sizga videolarni yuklash, pley qilish va pauza qilish, shuningdek davomiylik va ovozni sozlash imkonini beradi.
Shuningdek, video pley qilishni boshlaganda, pauza qilinganda va h.k. da sizni xabardor qiladigan DOM hodisalari ham mavjud.
To‘liq DOM referansi uchun bizning HTML Audio/Video DOM referansimizga murojaat qiling.
HTML video teglari
| Tag | Tavsif |
|---|---|
| <video> | Video yoki filmni belgilaydi |
| <source> | <video> va <audio> kabi media elementlari uchun bir nechta media resurslarini belgilaydi |
| <track> | Media pleyerlarda matn treklarini belgilaydi |
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
