HTML izohlar
HTML izohlar brauzerda ko‘rsatilmaydi, lekin ular HTML manba kodini hujjatlashtirishga yordam beradi.
HTML izoh tegi
HTML manba kodiga quyidagi sintaksis yordamida izoh qo‘shishingiz mumkin:
Boshlanish tegida undi belgisi (!) borligiga, lekin tugatish tegida yo‘qligiga e’tibor bering.
Eslatma: izohlar brauzerda ko‘rsatilmaydi, ammo HTML manba kodingizni tushuntirib borishga yordam beradi.
Izohlar qo‘shish
Izohlar yordamida HTML kodingizga bildirishnomalar va eslatmalarni joylashtirishingiz mumkin:
Misol
This is a paragraph.
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Kontentni yashirish
Izohlar kontentni yashirish uchun ishlatilishi mumkin.
Bu kontentni vaqtincha yashirayotganingizda foydali bo‘lishi mumkin:
Misol
This is a paragraph.
This is a paragraph too.
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Misol
HTML kodining bir bo‘linchasini yashiring:
This is a paragraph.
This is a paragraph too.
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Izohlar HTML’ni xatoliklardan tozalash (debug) uchun ham juda foydali, chunki xatolarni qidirish uchun HTML kod satrlarini bittadan izoh sifatida belgilab qo‘yishingiz mumkin.
Inline kontentni yashirish
Izohlar HTML kodining o‘rtasidagi qismlarni yashirish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Misol
Paragrafning bir qismini yashiring:
O‘zingiz sinab ko‘ring »
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!