HTML asoslari


Bu bobda biz ba’zi asosiy HTML misollarini ko‘rsatamiz.

Hali o‘rganmagan teglarni ishlatsak ham xavotir olmang.


ULASHISH

HTML hujjatlari

Barcha HTML hujjatlar hujjat turi e’loni bilan boshlanishi shart: <!DOCTYPE html>.

HTML hujjatining o‘zi <html> bilan boshlanadi va </html> bilan tugaydi.

HTML hujjatining ko‘rinadigan qismi <body> va </body> oralig‘ida joylashgan.

Misol

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1>My First Heading</h1>
<p>My first paragraph.</p>

</body>
</html>
O‘zingiz sinab ko‘ring »

<!DOCTYPE> e’loni

<!DOCTYPE> e’loni hujjat turini ifodalaydi va brauzerlarga veb-sahifalarni to‘g‘ri ko‘rsatishda yordam beradi.

U sahifa tepasida (istalgan HTML teglaridan oldin) faqat bir marta ko‘rinishi kerak.

<!DOCTYPE> e’loni katta-kichik harflarga sezgir emas.

HTML5 uchun <!DOCTYPE> e’loni:

<!DOCTYPE html>

HTML sarlavhalar

HTML sarlavhalari <h1> dan <h6> gacha teglar bilan aniqlanadi.

<h1> eng muhim sarlavhani belgilaydi. <h6> esa eng kam muhim sarlavhani belgilaydi: 

Misol

<h1>This is heading 1</h1>
<h2>This is heading 2</h2>
<h3>This is heading 3</h3>
O‘zingiz sinab ko‘ring »


HTML paragraflar

HTML paragraflari <p> tegi bilan belgilanadi:

Misol

<p>This is a paragraph.</p>
<p>This is another paragraph.</p>
O‘zingiz sinab ko‘ring »

HTML havolalar

HTML havolalari <a> tegi bilan belgilanadi:

Misol

<a href="https://www.w3schools.com">This is a link</a>
O‘zingiz sinab ko‘ring »

Havolaning manzili href atributida ko‘rsatiladi. 

Atributlar HTML elementlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berish uchun ishlatiladi.

Atributlar haqida keyingi boblarda ko‘proq o‘rganasiz.


HTML rasmlar

HTML rasmlari <img> tegi bilan belgilanadi.

Manba fayli (src), muqobil matn (alt), width va height atributlar sifatida beriladi:

Misol

<img src="w3schools.jpg" alt="W3Schools.com" width="104" height="142">
O‘zingiz sinab ko‘ring »

HTML manbasini qanday ko‘rish mumkin

Siz hech qachon veb-sahifani ko‘rib "Hey! Buni qanday qilishgan?" deb o‘ylaganmisiz?

HTML manba kodini ko‘rish:

HTML sahifada CTRL + U ni bosing yoki sahifada o‘ng tugmani bosib "View Page Source" ni tanlang. Bu sahifaning HTML manba kodini o‘z ichiga olgan yangi yopqichni (tab) ochadi.

HTML elementini inspeksiya qilish:

Element (yoki bo‘sh joy) ustiga o‘ng tugmani bosib "Inspect" ni tanlang, narsalarning qanday elementlardan tashkil topganini ko‘ring (HTML va CSS ning ikkalasini ham ko‘rasiz). Shuningdek, ochilgan Elements yoki Styles panelida HTML yoki CSS ni joyida (on-the-fly) tahrirlashingiz mumkin.



W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!