HTML iqtiboslar
Bu bobda biz

va <bdo> HTML elementlarini ko‘rib chiqamiz.
Misol
Here is a quote from WWF's website:
For 60 years, WWF has worked to help people and nature thrive. As the world's leading conservation organization, WWF works in nearly 100 countries. At every level, we collaborate with people around the world to develop and deliver innovative solutions that protect communities, wildlife, and the places in which they live.
Iqtiboslar uchun HTML

HTML
elementi boshqa manzildan iqtibos keltirilgan bo‘limni belgilaydi.
Brauzerlar odatda
elementlarini chekkada (boshidan bo‘sh joy qoldirib) ko‘rsatadi.
Misol

Here is a quote from WWF's website:

For 60 years, WWF has worked to help people and nature thrive. As the world's
leading conservation organization, WWF works in nearly 100 countries. At every
level, we collaborate with people around the world to develop and deliver
innovative solutions that protect communities, wildlife, and the places in
which they live.

O‘zingiz sinab ko‘ring »
Qisqa iqtiboslar uchun HTML
HTML  tegi qisqa iqtibosni aniqlaydi.
Brauzerlar odatda iqtibos atrofiga tirnoq belgilarini qo‘yadi.
Misol

WWF's goal is to: Build a future where people live in harmony with nature.

O‘zingiz sinab ko‘ring »
Qisqartmalar uchun HTML
HTML  tegi qisqartmani yoki akronimni aniqlaydi, masalan "HTML",
"CSS", "Mr.",
"Dr.", "ASAP", "ATM".
Qisqartmalarni belgilash brauzerlarga, tarjima tizimlariga va qidiruv tizimlariga foydali ma’lumot berishi mumkin.
Maslahat: Element ustiga sichqonchani olib borganingizda qisqartma/akronimning tavsifini ko‘rsatish uchun global title atributidan foydalaning.
Misol

The WHO was founded in 1948.

O‘zingiz sinab ko‘ring »
Aloqa ma’lumotlari uchun HTML

HTML
tegi hujjat yoki maqola muallifi/egasining aloqa ma’lumotlarini aniqlaydi.
Aloqa ma’lumotlari e-pochta manzili, URL, jismoniy manzil, telefon raqumi, ijtimoiy tarmoq nomi va h.k. bo‘lishi mumkin.

elementidagi matn odatda qiyalik (kursiv) shrift bilan ko‘rsatiladi,
va brauzerlar doim
elementidan oldin va keyin qator sindirish qo‘shadi.
Misol

Written by John Doe.

Visit us at:

Example.com

Box 564, Disneyland

USA

O‘zingiz sinab ko‘ring »
Asar nomi uchun HTML
HTML  tegi ijodiy asarning sarlavhasini aniqlaydi
(masalan, kitob, she’r, qo‘shiq, film, rassomlik asari, haykal va h.k.).
Eslatma: Shaxsning nomi asar sarlavhasi emas.
elementidagi matn odatda qiyalik (kursiv) shrift bilan ko‘rsatiladi.
Ikki tomonlama yozuv uchun HTML <bdo>
BDO — Bi-Directional Override (ikkki tomonlama ustidan yozish) so‘zining qisqartmasi.
HTML <bdo> tegi joriy matn yo‘nalishini bekor qilishda (ustidan yozishda)
ishlatiladi:
HTML iqtibos va sitata elementlari
| Tag | Tavsif |

|  | Qisqartma yoki qisqartmani belgilaydi |

| Hujjat muallifi/egasi uchun aloqa ma’lumotlarini belgilaydi |
| <bdo> | Matn yo‘nalishini belgilaydi |

| Boshqa manbadan keltirilgan bo‘limni belgilaydi |
|  | Asar nomini belgilaydi |
|  | Qisqa inline iqtibosni belgilaydi |
Barcha mavjud HTML teglarining to‘liq ro‘yxati uchun HTML teglar ma’lumotnomamizga murojaat qiling.
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!