C++ vorislik
Vorislik
Vorislik bir sinfga boshqa sinfning atributlari va metodlaridan qayta foydalanish imkonini beradi. U takrorlanishning oldini olib, tozaroq va samaraliroq kod yozishga yordam beradi.
"Vorislik tushunchasi"ni ikki toifaga ajratamiz:
- hosila sinf (derived class) (farzand) — boshqa sinfdan meros oladigan sinf
- asosiy sinf (base class) (ota-ona) — meros olinadigan sinf
Sinfdan meros olish uchun : belgisidan foydalaning.
Quyidagi misolda Car sinfi (farzand) Vehicle sinfidan (ota-ona) atributlar va metodlarni meros qilib oladi:
Misol
// Base class
class Vehicle {
public:
string brand = "Ford";
void honk() {
cout << "Tuut, tuut! \n" ;
}
};
// Derived class
class Car: public Vehicle {
public:
string model = "Mustang";
};
int main() {
Car myCar;
myCar.honk();
cout << myCar.brand + " " + myCar.model;
return 0;
}
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Nima uchun va qachon "vorislik"dan foydalanish kerak?
- Bu koddan qayta foydalanish uchun foydali: yangi sinf yaratganda mavjud sinfning atributlari va metodlaridan qayta foydalaning.
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
