C++ break/continue


ULASHISH

C++ break

Siz break operatorini ushbu darslikning oldingi boblaridan birida ko‘rgansiz. U switch operatoridan "chiqib ketish" uchun ishlatilgan edi.

break operatoridan sikldan chiqib ketish uchun ham foydalanish mumkin.

Bu misolda i 4 ga teng bo‘lganda sikldan chiqib ketiladi:

Misol

for (int i = 0; i < 10; i++) {   if (i == 4) {     break;   }   cout << i << "\n"; }
O‘zingiz sinab ko‘ring »

C++ continue

continue operatori belgilangan shart yuz berganda (sikldagi) bitta iteratsiyani to‘xtatadi va sikldagi keyingi iteratsiyadan davom etadi.

Ushbu misolda 4 qiymati o‘tkazib yuboriladi:

Misol

for (int i = 0; i < 10; i++) {   if (i == 4) {     continue;   }   cout << i << "\n"; }
O‘zingiz sinab ko‘ring »


While siklida break va continue

break va continue’ni while sikllarida ham ishlatishingiz mumkin:

break misoli

int i = 0; while (i < 10) {   cout << i << "\n";   i++;   if (i == 4) {     break;   } }
O‘zingiz sinab ko‘ring »

continue misoli

int i = 0; while (i < 10) {   if (i == 4) {     i++;     continue;   }   cout << i << "\n";   i++; }
O‘zingiz sinab ko‘ring »



W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!