C# tiplarni o‘zgartirish


ULASHISH

C# tiplarni o‘zgartirish (type casting)

Tiplarni o‘zgartirish (type casting) — bir ma’lumot tipidagi qiymatni boshqa tipga o‘zlashtirish.

C# da tiplarni o‘zgartirishning ikki turi mavjud:

  • Yashirin o‘zgartirish (implicit casting) (avtomatik) — kichikroq tipni kattaroq o‘lchamli tipga o‘tkazish
    char -> int -> long -> float -> double

  • Oshkor o‘zgartirish (explicit casting) (qo‘lda) — kattaroq tipni kichikroq o‘lchamli tipga o‘tkazish
    double -> float -> long -> int -> char

Yashirin o‘zgartirish (implicit casting)

Yashirin o‘zgartirish kichikroq o‘lchamli tipni kattaroq o‘lchamli tipga uzatishda avtomatik ravishda amalga oshiriladi:

Misol

int myInt = 9;
double myDouble = myInt;       // Automatic casting: int to double

Console.WriteLine(myInt);      // Outputs 9
Console.WriteLine(myDouble);   // Outputs 9

O‘zingiz sinab ko‘ring »


Oshkor o‘zgartirish (explicit casting)

Oshkor o‘zgartirish qo‘lda, ya’ni qiymat oldiga qavs ichida tipni yozish orqali bajarilishi kerak:

Misol

double myDouble = 9.78;
int myInt = (int) myDouble;    // Manual casting: double to int

Console.WriteLine(myDouble);   // Outputs 9.78
Console.WriteLine(myInt);      // Outputs 9

O‘zingiz sinab ko‘ring »


Tiplarni o‘zgartirish metodlari

Ma’lumot tiplarini Convert.ToBoolean, Convert.ToDouble, Convert.ToString, Convert.ToInt32 (int) va Convert.ToInt64 (long) kabi o‘rnatilgan metodlar yordamida ham oshkor ravishda o‘zgartirish mumkin:

Misol

int myInt = 10;
double myDouble = 5.25;
bool myBool = true;

Console.WriteLine(Convert.ToString(myInt));    // convert int to string
Console.WriteLine(Convert.ToDouble(myInt));    // convert int to double
Console.WriteLine(Convert.ToInt32(myDouble));  // convert double to int
Console.WriteLine(Convert.ToString(myBool));   // convert bool to string

O‘zingiz sinab ko‘ring »

Nega tiplarni o‘zgartirish kerak?

Ko‘p hollarda tiplarni o‘zgartirishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Lekin ba’zan bunga to‘g‘ri keladi. Bunga misolni ko‘rish uchun foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar bilan ishlashga bag‘ishlangan keyingi bobga qarang.




W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!