C# for sikli
C# for sikli
Kod blokini necha marta takrorlash kerakligini aniq bilsangiz, while sikli o‘rniga for siklidan foydalaning:
Sintaksis
for (1-ko‘rsatma; 2-ko‘rsatma; 3-ko‘rsatma)
{
// bajariladigan kod bloki
}
1-ko‘rsatma (statement 1) kod bloki bajarilishidan oldin (bir marta) bajariladi.
2-ko‘rsatma (statement 2) kod blokini bajarish shartini belgilaydi.
3-ko‘rsatma (statement 3) kod bloki bajarilgandan keyin (har safar) bajariladi.
Quyidagi misol 0 dan 4 gacha bo‘lgan sonlarni chiqaradi:
Misol izohi
1-ko‘rsatma sikl boshlanishidan oldin o‘zgaruvchini o‘rnatadi (int i = 0).
2-ko‘rsatma siklning ishlash shartini belgilaydi (i 5’dan kichik bo‘lishi kerak). Agar shart true bo‘lsa, sikl qaytadan boshlanadi, false bo‘lsa, sikl tugaydi.
3-ko‘rsatma sikldagi kod bloki har safar bajarilganidan keyin qiymatni oshiradi (i++).
Yana bir misol
Ushbu misol 0 dan 10 gacha bo‘lgan faqat juft qiymatlarni chiqaradi:
Ichma-ich sikllar
Siklni boshqa sikl ichiga joylashtirish ham mumkin. Bu ichma-ich sikl (nested loop) deb ataladi.
"Ichki sikl" "tashqi sikl"ning har bir iteratsiyasi uchun bir marta bajariladi:
Misol
// Outer loop
for (int i = 1; i <= 2; ++i)
{
Console.WriteLine("Outer: " + i); // Executes 2 times
// Inner loop
for (int j = 1; j <= 3; j++)
{
Console.WriteLine(" Inner: " + j); // Executes 6 times (2 * 3)
}
}
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
