Selektorlarni guruhlash


ULASHISH

CSS universal selektori

universal selector (*) (umumiy selektor) sahifadagi barcha HTML elementlarini tanlaydi.

Misol

Quyidagi CSS qoidasi sahifadagi har bir HTML elementiga ta’sir qiladi:

* {
  text-align: center;
  color: blue;
}
O‘zingiz sinab ko‘ring »

CSS guruhlash selektori

grouping selector (guruhlash selektori) bir xil uslub ta’riflariga ega barcha HTML elementlarini tanlaydi.

Quyidagi CSS kodiga qarang (h1, h2 va p elementlari bir xil uslub ta’riflariga ega):

h1 {
  text-align: center;
  color: red;
}

h2 {
  text-align: center;
  color: red;
}

p {
  text-align: center;
  color: red;
}

Kodni kamaytirish uchun selektorlarni guruhlash yaxshiroq bo‘ladi.

Selektorlarni guruhlash uchun har bir selektorni vergul bilan ajrating.

Misol

Bu misolda yuqoridagi koddagi selektorlarni guruhlaganmiz:

h1, h2, p {
  text-align: center;
  color: red;
}
O‘zingiz sinab ko‘ring »

Barcha oddiy CSS selektorlari

Selector Misol Misol tavsifi
#id #firstname id="firstname" bo‘lgan elementni tanlaydi
.class .intro class="intro" bo‘lgan barcha elementlarni tanlaydi
* * Barcha elementlarni tanlaydi
element p Barcha <p> elementlarini tanlaydi
element,element,.. div, p Barcha <div> elementlarini va barcha <p> elementlarini tanlaydi



Video: CSS oddiy selektorlari

Tutorial on YouTube
Tutorial on YouTube

W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!