CSS fonlar
CSS fonlari
CSS fon xossalari elementlarga fon effektlari qo‘shish uchun ishlatiladi.
Bu boblarda quyidagi CSS fon xossalari haqida bilib olasiz:
-
background-color -
background-image -
background-repeat -
background-attachment -
background-position -
background(shorthand property)
CSS background-color xossasi
background-color xossasi element fon rangini belgilaydi.
Misol
Sahifa fon rangi mana bunday belgilanadi:
body {
background-color: lightblue;
}
O‘zingiz sinab ko‘ring »
CSS’da rang ko‘pincha quyidagicha belgilanadi:
- yaroqli rang nomi - masalan, "red"
- HEX qiymat - masalan, "#ff0000"
- RGB qiymat - masalan, "rgb(255,0,0)"
Mumkin bo‘lgan barcha rang qiymatlari ro‘yxati uchun CSS rang qiymatlari sahifasiga qarang.
Boshqa elementlar
Har qanday HTML elementlari uchun fon rangini belgilash mumkin:
Misol
Bu yerda <h1>, <p> va <div> elementlari turli fon ranglariga ega bo‘ladi:
h1 {
background-color: green;
}
div {
background-color: lightblue;
}
p {
background-color:
yellow;
}
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Xiralik / Shaffoflik (opacity)
opacity xossasi elementning shaffofligini belgilaydi. 0.0 - 1.0 orasida qiymat qabul qiladi. Qiymat qanchalik past bo‘lsa, shunchalik shaffof:
opacity 1
opacity 0.6
opacity 0.3
opacity 0.1
Eslatma: opacity xossasidan element foniga shaffoflik qo‘shish uchun foydalanganda, barcha bola elementlari bir xil shaffoflikni meros oladi. Bu to‘liq shaffof element ichidagi matnni o‘qishni qiyinlashtirishi mumkin.
RGBA yordamida shaffoflik
Yuqoridagi misolimizdagi kabi bola elementlarga shaffoflik qo‘llanishini istamasangiz, RGBA rang qiymatlaridan foydalaning. Quyidagi misol fon rangi uchun shaffoflik belgilaydi, matn uchun emas:
100% opacity
60% opacity
30% opacity
10% opacity
Bizning CSS Colors bobimizdan siz rang qiymati sifatida RGB ishlatish mumkinligini bilib oldingiz. RGB’dan tashqari, rang shaffofligini belgilaydigan alfa kanalli RGB rang qiymatidan (RGBA) ham foydalanishingiz mumkin.
RGBA rang qiymati mana bunday belgilanadi: rgba(red, green, blue, alpha). alfa parametri 0.0 (to‘liq shaffof) va 1.0 (to‘liq xira) orasidagi sondir.
Maslahat: Siz RGBA ranglari haqida CSS Colors bobimizda ko‘proq bilib olasiz.
Misol
div {
background: rgba(0, 128, 0, 0.3) /* Green background with 30% opacity */
}
O‘zingiz sinab ko‘ring »
CSS background-color xossasi
| Xususiyat | Tavsif |
|---|---|
| background-color | Elementning fon rangini o‘rnatadi |
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
