PHP massivlar (arrays)


ULASHISH

PHP massivlari

PHP da massiv bir nom ostida ko‘p qiymatlarni o‘zida saqlashi mumkin bo‘lgan maxsus o‘zgaruvchi bo‘lib, qiymatlarga indeks raqami yoki nomiga murojaat qilish orqali kirishingiz mumkin.

Misol

Massiv bitta o‘zgaruvchida bir nechta qiymatlarni saqlaydi:

$cars = array("Volvo", "BMW", "Toyota");
O‘zingiz sinab ko‘ring »

PHP massiv turlari

PHP da massivlarning uch turi mavjud:

  • Indekslangan massivlar - sonli indeksli massivlar
  • Assotsiativ massivlar - nomidagi kalitlarga ega massivlar
  • Ko‘p o‘lchovli massivlar - bir yoki bir nechta massivni o‘z ichiga olgan massivlar

PHP massiv elementlari

Massiv elementlari har qanday turdagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Eng keng tarqalganlari stringlar va raqamlardir, lekin massiv elementlari obyektlar, funksiyalar yoki hatto massivlar ham bo‘lishi mumkin.

Siz bir xil massivda turli xil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Misol

Uch xil turdagi ma’lumotlarning massiv elementlari:

$myArr = array("Volvo", 15, ["apples", "bananas"]);
O‘zingiz sinab ko‘ring »


PHP Masiv funksiyalari

PHP massivlarining haqiqiy kuchi o‘rnatilgan massiv funksiyalaridir.

Bu yerda massiv elementlarini hisoblash uchun count() funksiyasidan foydalanamiz:

Misol

$cars massividagi narsalarni sanash:

$cars = array("Volvo", "BMW", "Toyota");
echo count($cars);
O‘zingiz sinab ko‘ring »

Barcha massiv funksiyalari haqida to‘liq ma’lumot olish uchun bizning to‘liq PHP massiv ma’lumotnomamizga o‘ting.



W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!