Canvas clearRect()


ULASHISH

clearRect() metodi

clearRect() metodi canvas’ning to‘rtburchak shaklidagi hududini tozalash uchun ishlatiladi. Tozalangan to‘rtburchak shaffof bo‘ladi.

clearRect() metodi quyidagi parametrlarga ega:

Parametr Tavsif
x Majburiy. To‘rtburchak yuqori chap burchagining x koordinatasi
y Majburiy. To‘rtburchak yuqori chap burchagining y koordinatasi
width Majburiy. To‘rtburchakning piksellardagi kengligi
height Majburiy. To‘rtburchakning piksellardagi balandligi

Misol

(10,10) pozitsiyadan boshlanuvchi 150*100 piksel o‘lchamli to‘ldirilgan to‘rtburchak chizish uchun fillRect()’dan foydalaning. So‘ngra canvas’dagi to‘rtburchak shaklidagi hududni tozalash uchun clearRect()’dan foydalaning:

Sorry, your browser does not support canvas.
<script> const canvas = document.getElementById("myCanvas"); const ctx = canvas.getContext("2d"); ctx.fillStyle = "pink"; ctx.fillRect(10,10, 150,100); ctx.clearRect(60,35, 50,50); </script>
O‘zingiz sinab ko‘ring »


Misol

Bu yerda tozalangan to‘rtburchak pushti to‘rtburchakdan tashqariga chiqadi:

Sorry, your browser does not support canvas.
<script> const canvas = document.getElementById("myCanvas"); const ctx = canvas.getContext("2d"); ctx.fillStyle = "pink"; ctx.fillRect(10,10, 150,100); ctx.clearRect(60,35, 150,50); </script>
O‘zingiz sinab ko‘ring »

Misol

Bu yerda konturli to‘rtburchak ichidagi to‘rtburchak shaklidagi hududni tozalash uchun clearRect() metodidan foydalanamiz:

Sorry, your browser does not support canvas.
<script> const canvas = document.getElementById("myCanvas"); const ctx = canvas.getContext("2d"); ctx.strokeStyle = "blue"; ctx.strokeRect(10,10, 150,100); ctx.clearRect(60,35, 150,50); </script>
O‘zingiz sinab ko‘ring »

W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!