Rust borrowing


ULASHISH

Borrowing va referencelar

Ba’zan qiymatga egalik qilmasdan undan foydalanish kerak bo‘ladi.

Rust buni reference (havola) yordamida amalga oshirish imkonini beradi - bu borrowing (qarzga olish) deb ataladi:


Reference nima?

Reference qiymatga egalik qilmasdan uni ko‘rish imkonini beradi. Reference & belgisi yordamida yaratiladi:

Misol

let a = String::from("Hello"); let b = &a; println!("a = {}", a); println!("b = {}", b);
O‘zingiz sinab ko‘ring »

b qiymatni faqat borrow qilayotgani (vaqtincha olayotgani) sababli, uning egasi hamon a bo‘lib qoladi.


O‘zgaruvchan (mutable) referencelar

Agar reference orqali qiymatni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, referenceni mut qilishingiz kerak:

Misol

let mut name = String::from("John"); let name_ref = &mut name; name_ref.push_str(" Doe"); println!("{}", name_ref); // John Doe
O‘zingiz sinab ko‘ring »

Eslatma: Bir vaqtning o‘zida bitta qiymatga faqat bitta o‘zgaruvchan (mutable) reference bo‘lishi mumkin!


Borrowing nega muhim

Borrowing qiymatlarni boshqaga berib yubormasdan, ulardan xavfsiz qayta foydalanishga yordam beradi.

  • U qiymatlarga egalik qilmasdan ulardan foydalanish imkonini beradi
  • U katta hajmdagi ma’lumotlar uchun sekin bo‘lishi mumkin bo‘lgan klonlashdan qochish imkonini beradi
  • U dasturlaringizni xavfsizroq va tezroq qiladi


W3Schools Pathfinder

Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!