Pandas bilan ishlashni boshlash
Pandas’ni o‘rnatish
Agar tizimingizda Python va PIP allaqachon o‘rnatilgan bo‘lsa, Pandas’ni o‘rnatish juda oson.
Uni quyidagi buyruq yordamida o‘rnating:
C:\Users\Your Name>pip install pandas
Agar bu buyruq ishlamasa, Pandas oldindan o‘rnatilgan Python distributividan, masalan, Anaconda, Spyder va boshqalardan foydalaning.
Pandas’ni import qilish
Pandas o‘rnatilgach, import kalit so‘zini qo‘shib, uni ilovalaringizga import qiling:
import pandas
Endi Pandas import qilindi va foydalanishga tayyor.
Misol
import pandas
mydataset = {
'cars': ["BMW", "Volvo", "Ford"],
'passings': [3, 7, 2]
}
myvar = pandas.DataFrame(mydataset)
print(myvar)
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Pandas’ni pd sifatida import qilish
Pandas odatda pd taxallusi (alias) bilan import qilinadi.
alias: Python’da alias (taxallus) — bitta narsaga murojaat qilish uchun ishlatiladigan muqobil nom.
Import qilish paytida as kalit so‘zi yordamida alias yarating:
import pandas as pd
Endi Pandas paketiga pandas o‘rniga pd deb murojaat qilish mumkin.
Misol
import pandas as pd
mydataset = {
'cars': ["BMW", "Volvo", "Ford"],
'passings': [3, 7, 2]
}
myvar = pd.DataFrame(mydataset)
print(myvar)
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Pandas versiyasini tekshirish
Versiya stringi __version__ atributida saqlanadi.
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
