MySQL cheklovlar (constraints)
Cheklovlarni yaratish
Cheklovlar - bu jadvaldagi ma’lumotlar uchun qoidalar.
Cheklovlar jadvalga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilishining oldini olish uchun ishlatiladi va jadvaldagi ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlaydi. Agar cheklov va ma’lumotlar harakati o‘rtasida biron bir buzilish mavjud bo‘lsa, harakat bekor qilinadi.
Cheklovlar ikki yo‘l bilan belgilanishi mumkin:
- Jadval yaratilganda (CREATE TABLE iborasi orqali)
- Jadval yaratilgandan so‘ng (ALTER TABLE iborasi orqali)
MySQL cheklovlari
MySQL-da quyidagi cheklovlar odatda qo‘llaniladi:
- NOT NULL - ustun NULL qiymatiga ega bo‘lmasligini ta’minlaydi
- UNIQUE - ustundagi barcha qiymatlar yagona bo‘lishini ta’minlaydi
- PRIMARY KEY - jadvaldagi har bir qatorni noyob tarzda aniqlaydi (NOT NULL va UNIQUE kombinatsiyasi)
- FOREIGN KEY - ikkita jadvaldagi ma’lumotlar o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatadi va ular orasidagi aloqani yo‘q qiladigan harakatlarni oldini oladi
- CHECK - ustundagi qiymatlar ma’lum bir shartga javob berishini ta’minlaydi
- DEFAULT - Agar qiymat belgilanmagan bo‘lsa, ustun uchun standart qiymatni o‘rnatadi
- CREATE INDEX - Ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni tezroq olish uchun ustunlar bo‘yicha indekslar yaratadi
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
