JS qayerga yoziladi
<script> tegi
HTML-da JavaScript kodi <script> va </script> teglari orasiga yoziladi.
Misol
<script>
document.getElementById("demo").innerHTML = "My First JavaScript";
</script>
JavaScript Functionlar va Eventlari
JavaScript function JavaScript kod bloki bo‘lib, uni “chaqirganda” bajarish mumkin.
Masalan, foydalanuvchi tugmani bosganda Event yuz berib, Function chaqirilishi mumkin.
Functionlar va Eventlar haqida keyingi boblarda ancha batafsil bilib olasiz.
JavaScript <head> yoki <body> qismida
HTML hujjatiga xohlagancha skriptlarni joylashtirishingiz mumkin.
Skriptlar HTML sahifaning <body> yoki <head> bo‘limiga, yoxud ikkalasiga ham joylashtirilishi mumkin.
<head> ichidagi JavaScript
Ushbu misolda JavaScript function <head> bo‘limiga joylashtirilgan
HTML sahifasidan.
Tugma bosilganda Function chaqiriladi (ishga tushadi):
Misol
<!DOCTYPE html>
<html>
<head>
<script>
function myFunction() {
document.getElementById("demo").innerHTML = "Paragraph changed.";
}
</script>
</head>
<body>
<h2>Demo JavaScript in Head</h2>
<p id="demo">A Paragraph</p>
<button type="button" onclick="myFunction()">Try it</button>
</body>
</html>
O‘zingiz sinab ko‘ring »
<body> ichidagi JavaScript
Ushbu misolda JavaScript function HTML sahifasining <body> bo‘limiga joylashtirilgan.
Tugma bosilganda Function chaqiriladi (ishga tushadi):
Misol
<!DOCTYPE html>
<html>
<body>
<h2>Demo JavaScript in Body</h2>
<p id="demo">A Paragraph</p>
<button type="button" onclick="myFunction()">Try
it</button>
<script>
function myFunction() {
document.getElementById("demo").innerHTML = "Paragraph changed.";
}
</script>
</body>
</html>
O‘zingiz sinab ko‘ring »
Tashqi JavaScript fayli
Skriptlarni alohida tashqi fayllarga ham joylashtirish mumkin:
Tashqi fayl: myScript.js
function myFunction() {
document.getElementById("demo").innerHTML = "Paragraph changed.";
}
Bir xil kod bir nechta turli veb-sahifalarda ishlatilganda tashqi skriptlar juda qulay.
JavaScript fayllari .js kengaytmasiga ega bo‘ladi.
Tashqi skriptdan foydalanish uchun <script> tegining src atributiga fayl nomini yozing:
Siz tashqi skript havolasini <head> yoki <body> ga o‘zingiz xohlagancha joylashtirishingiz mumkin.
Skript xuddi <script> tegi joylashgan joyda joylashgandek harakat qiladi.
External scripts cannot contain <script> tags.
Tashqi JavaScript-ning afzalliklari
Skriptlarni tashqi fayllarga joylashtirish bir qator afzalliklarga ega:
- HTML va JavaScript kodini bir-biridan ajratadi
- HTML va JavaScript-ni o‘qish hamda qo‘llab-quvvatlashni osonlashtiradi
- Keshlab olingan JavaScript fayllari sahifa yuklanishini tezlashtiradi
Bitta sahifaga bir nechta skript faylini ulash uchun bir nechta <script> tegidan foydalaning:
Misol
<script src="myScript1.js"></script>
<script src="myScript2.js"></script>
Tashqi havolalar
Tashqi skriptga 3 xil usulda havola berish mumkin:
- To‘liq URL bilan (to‘liq veb-manzil)
- Fayl yo‘li bilan (masalan, /js/)
- Hech qanday yo‘lsiz (faqat fayl nomi)
Ushbu misol myScript.js fayliga ulanish uchun to‘liq URL manzilidan foydalanadi:
Ushbu misol myScript.js fayliga ulanish uchun fayl yo‘lidan foydalanadi:
Ushbu misol myScript.js fayliga ulanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fayl nomidan foydalanadi:
Fayl yo‘llari haqida ko‘proq HTML fayl yo‘llari bo‘limida o‘qishingiz mumkin.
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
