Rang g‘ildiraklari
Rang g‘ildiraklari
Rang g‘ildiragi — ranglarning aylana bo‘ylab ko‘rgazmali joylashuvi bo‘lib, u asosiy, ikkilamchi va uchlamchi ranglar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Uchta muhim rang g‘ildiragi
Kamalakni necha xil usulda qayta tartiblash mumkin?
RGB
Qizil, yashil, ko‘k
CMY
Cyan, Magenta, sariq
RYB
Qizil, sariq, ko‘k
RGB rang g‘ildiragi
RGB (Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko‘k) rang g‘ildiragi televizor yoki kompyuter ekranida ranglarni hosil qilish uchun ishlatiladigan 3 ta yorug‘lik manbasini ifodalaydi.
Asosiy ranglar — qizil, yashil va ko‘k.
Ikkilamchi ranglar asosiy ranglarni aralashtirish orqali hosil qilinadi:
Qizil va yashil = sariq
Yashil va ko‘k = Cyan
Ko‘k va qizil = Magenta
RGB’ning 12 ta asosiy rangi:
| QIZIL #FF0000 (255,0,0) |
#FF8000 (255,128,0) |
SARIQ #FFFF00 (255,255,0) |
#80FF00 (128,255,0) |
YASHIL #00FF00 (0,255,0) |
#00FF80 (0,255,128) |
| CYAN #00FFFF (0,255,255) |
#0080FF (0,128,255) |
KO‘K #0000FF (0,0,255) |
#8000FF (128,0,255) |
MAGENTA #FF00FF (255,0,255) |
#FF0080 (255,0,128) |
RGB’dagi yashil (Green) rang HTML’dagi Green nomli rangdan farq qiladi.
RGB’dagi yashil (Green) rang HTML’dagi Green nomli rangdan farq qiladi.
CMY(K) rang g‘ildiragi
CMY(K) (Cyan, Magenta, Yellow) qog‘ozga chop etishda ishlatiladigan ranglarni ifodalaydi.
Asosiy ranglar — Cyan, Magenta va Yellow (sariq).
Ikkilamchi ranglar asosiy ranglarni aralashtirish orqali hosil qilinadi:
Cyan va Magenta = ko‘k
Magenta va sariq = qizil
Sariq va Cyan = yashil.
CYM’ning 12 ta asosiy rangi:
| CYAN #00FFFF (0,255,255) |
#0080FF (0,128,255) |
KO‘K #0000FF (0,0,255) |
#8000FF (128,0,255) |
MAGENTA #FF00FF (255,0,255) |
#FF0080 (255,0,128) |
| QIZIL #FF0000 (255,0,0) |
#FF8000 (255,128,0) |
SARIQ #FFFF00 (255,255,0) |
#80FF00 (128,255,0) |
YASHIL #00FF00 (0,255,0) |
#00FF80 (0,255,128) |
RYB rang g‘ildiragi
RYB (Red, Yellow, Blue — qizil, sariq, ko‘k) rang g‘ildiragidan bo‘yoqchilar, rassomlar va dizaynerlar pigment ranglarini aralashtirishda foydalanadi.
3 ta asosiy rang — qizil, sariq va ko‘k.
Ikkilamchi ranglar asosiy ranglarni aralashtirish orqali hosil qilinadi.
3 ta ikkilamchi rang — to‘q sariq, yashil va binafsha.
Qizil va sariq = to‘q sariq
Sariq va ko‘k = yashil
Ko‘k va qizil = binafsha.
Uchlamchi ranglar ikkita ikkilamchi rangni aralashtirish orqali hosil qilinadi.
6 ta uchlamchi rang: qizil-to‘q sariq, sariq-to‘q sariq, sariq-yashil, ko‘k-yashil, ko‘k-binafsha, qizil-binafsha
RYB’ning 12 ta asosiy rangi:
| QIZIL #FE2712 |
R-O #FC600A |
TO‘Q SARIQ #FB9902 |
Y-O #FCCC1A |
SARIQ #FEFE33 |
Y-G #B2D732 |
| YASHIL #66B032 |
B-G #347C98 |
KO‘K #0247FE |
B-P #4424D6 |
BINAFSHA #8601AF |
R-P #C21460 |
RYB — bir-biriga mos keladigan ranglarni aniqlash uchun eng yaxshi rang g‘ildiragi.
RYB g‘ildiragi yordamida veb uchun yoqimli rang sxemalarini yaratish mumkin.
Rang sxemalari haqida Rang sxemalari bobida ko‘proq bilib olasiz.
W3Schools Pathfinder
Yutuqlaringizni kuzating – bu bepul!
